Texnologiya
Oltinchi sanoat
Bu konsepsiya Yaponiyada yaratilgan bo’lib, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga asoslangan.
Oltinchi sanoati qishloq xo'jaligi(1-sanoat)ni, oziq-ovqat ishlab chiqarish(2-sanoat)ni va xizmat ko'rsatish(3-sanoat)ni,
shu bilan birga savdo-sotiq, marketing, ta'lim va turizmni o'z ichiga oladi.
Bu kombinatsiya (1+2+3=6) mahalliy fermerlarga yangi xo'jalik va iqtisodiy imkoniyatlarni yaratishga imkon beradi.
Shu bilan birga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariluvchi aholi kam yashaydigan hududlarni asos sifatida olib, mahalliy oziq-ovqat madaniyatini difirensiyalash ham hududiy oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni ko'zda tutuvchi harakat deb talqin qilish mumkin.